logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:45
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Marokash - JChlarning yarim finalida ishtirok etadigan ilk arab jamoasiga aylandi

 10 DEKABR, 2022, 23:42

Marokash terma jamoasi jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan ilk arab terma jamoasiga aylandi.

JCh-2022 1/4 finalida marokashliklar Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Gol Yusuf En-Neseri tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, Valid Regraga jamoasi jahon chempionatining yarim finalida ishtirok etgan ilk arab terma jamoasiga aylandi.

JCh-2022 oldidan arab jamoalarining eng yaxshi natijasi 1/8 finalda qayd etilgan – 1986 yilda Marokash, 1994 yilda Saudiya Arabistoni va 2014 yilda Jazoir.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR