«Chelsi» xavbeki bunga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi
10 DEKABR, 2022, 23:24
«Chelsi» yarim himoyachisi Ngolo Kante «Barselona»ga o'tmoqchi.
Frantsiyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan bir necha haftadan beri muloqot qilmoqda, shartnoma shartlari yaqin orada kelishib olinadi.
Tomonlar o'rtasida shartnoma imzolanishi yanvar oyida bo'lishi mumkin, ammo ko'p narsa Kantening oktyabr oyida o'tkazgan operatsiyasi ta'siriga bog'liq. Yarim himoyachi «ko'k-anorranglilar» safiga erkin agent sifatida qo'shiladi, biroq «Barsa»ning og'ir moliyaviy ahvoli tufayli maoshiga qo'yiladigan talablarni o'zgartirishga to'g'ri keladi.
Avvalroq, Kante italyan jamoasi safiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.