Norvegiyalik futbolchi uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkin
4 NOYABR, 2025, 09:30
"Tuluza"ning norvegiyalik vingeri Aron Dyonnum irqchilikka oid imo-ishora qilgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkin.
Liga 1'ning "Gavr"ga qarshi o'yinida Dyonnum raqib jamoa o'yinchisi Simon Ebonoga irqchilikka xos harakatda bo'ldi.
RMC Sport xabariga ko'ra, Frantsiya futbol federatsiyasining axloq qo'mitasi bu imo-ishorani kamsitish harakatlari bor deya ko'rib chiqadi.
Agar Dyonnumning harakati irqchilikka oid deb topilsa, u 10 tagacha o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
