logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Endrikni "Lion"ga o'tishga nima ko'ndirgani ma'lum bo'ldi

 4 NOYABR, 2025, 08:24

Endrik Paulo Fonseka bilan suhbatdan so'ng "Lion"ga o'tish istagini bildirdi.

L'Equipe xabariga ko'ra, "Lion" bosh murabbiyi Endrik bilan telefon orqali muloqot qilib, braziliyalikni klub loyihasiga ishontirgan. "Real" forvardi 1 yanvardayoq "Lion"ga o'tishi uchun ijara shartnomasi imkon qadar tezroq tuzilishini istamoqda.

Qayd etilishicha, "Real" va "Lion" hali transfer shartlari bo'yicha kelishib olmagan, madridliklar Endrikning ijarasi uchun pul kompensatsiyasi olishni istamoqda. Bundan tashqari, Endrikning ketishiga Franko Mastantuononing chov jarohati to'sqinlik qilishi mumkin.

Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi o'yinda (4:0) 11 daqiqa maydonda harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ