"Sanderlend" "Everton" bilan durangdan so'ng APL top-4'ga qaytdi (turnir jadvali)
4 NOYABR, 2025, 08:18
"Sanderlend" APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Rejis Le Bri jamoasi Premer-liganing 10-turida "Everton" (1:1) bilan durang o'ynadi.
Klub hisobida 18 ochko bor - uchinchi o'rinda borayotgan "Liverpul" va 5-o'rindagi "Bornmut"da ham shuncha ochko bor. Ularning barchasi peshqadam "Arsenal"dan (25) 7 ochko ortda qolmoqda.
"Manchester Siti" 19 ochko bilan chempionatda 2-o'rinda bormoqda.

