logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Luis Enrike "Bavariya"ga qarshi uchrashuv oldidan o'yin ahamiyati va jarohatlar bilan bog'liq masalagi to'xtaldi

 4 NOYABR, 2025, 08:18

Luis Enrike "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"PSJ" ertaga Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida myunxenliklarni qabul qiladi. Avvalroq, parijliklar vingeri Usmon Dembele sonidan olgan jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Uch ochkoni qo'lga kiritish uchun bu erda g'alaba qozonish muhim, shuningdek, bizning qur'a Chempionlar Ligasidagi eng qiyin qur'a bo'lgani uchun ham. Bu o'yin va muhitdan zavqlanish muhim.

Barcha o'yinlar muhim, ammo jadvalimiz shiddatli va murakkab, imkon qadar tezroq ochko to'plashimiz kerak. Ertaga ham, dastlabki uchta o'yinda ham aynan shunga intilganmiz.

Hech qaysi o'yinchi bilan hech qanday xavf yo'q. Usmon formada, u so'nggi bir necha hafta ichida barcha mashg'ulotlarni o'tkazdi, so'nggi ikki o'yinda maydonga tushdi va jismoniy holatini yaxshiladi. Albatta, u ertaga o'ynaydi. Necha daqiqaligini bilmayman, lekin u raqobatga tayyor. U maydonda qancha vaqt o'tkazishini hal qilamiz," - dedi "PSJ" bosh murabbiyi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ