Ronaldu JChning pley-off bosqichida birorta ham gol ura olmagan
10 DEKABR, 2022, 22:22
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlarining final bosqichida birorta ham ura olmagan.
37 yoshli faoliyati davomida 5ta Mundialda ishtirok etgan. Bu musobaqalarda u pley-off bosqichining 8ta o'yinida maydonga tushgan. Ammo bu bosqichda unga gol urish nasib etmadi.
Joriy JChda esa u faqat Gana terma jamoasi darvozasiga penaltidan gol urdi (guruh bosqichida).