logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Chelsi" va "Al-Ittihod" "Betis" sport direktoriga qiziqish bildirmoqda

 25 DEKABR, 2023, 08:48

"Betis" sport direktori Ramon Planesga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.

Estadio Deportivo xabariga ko'ra, "Chelsi" unga ish taklif qilmoqchi. London klubi uning ishini kuzatib bormoqda. Qayd etilishicha, Planes "ko'klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning do'sti hisoblanadi.

Ramonga Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi ham qiziqish bildirmoqda, u unga katta maosh bilan 3 mavsumlik shartnoma taklif qilishga tayyor.

"Betis" Planesning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladigan klubda qolishiga va ishlashda davom etishiga ishonch bildirmoqda. Ramon shu yilning may oyida klub sport direktori lavozimiga tayinlangandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ