logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Keyn Uoker Mbappeni to'xtatishiga ishonadi

 10 DEKABR, 2022, 18:09

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jahon chempionatining chorak final uchrashuvida ingliz himoyachisi Kayl Uoker va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o'rtasidagi bo'lajak qarama-qarshilik haqida gapirdi. Bugun, 10 dekabr kuni Angliya va Frantsiya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23.59'da boshlanadi.

“Kayl va men bir-birimizni anchadan beri bilamiz. U fantastik himoyachi va so'nggi 10 yildagi eng barqaror o'ng qanot himoyachisi.

U bor e'tiborini jamoa uchun o'z ishini bajarishga qaratadi. U Mbappega qarshi o'ynashga tayyor", — dedi Keyn.

Kilian Mbappe Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda. U to'rtta o'yinda beshta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR