Karrera JCh-2022ning asosiy favoritini aytdi
10 DEKABR, 2022, 15:34
Taniqli italiyalik murabbiy Massimo Karrera JCh-2022ning asosiy favoritini aytdi.
"Menimcha, hozir jahon chempionatining asosiy favoriti Frantsiya termasi hisoblanadi. Ularda ajoyib tarkib, eng kuchli futbolchilar bor, Mbappe ajoyib formada. O'ylaymanki, bugun ular inglizlarni mag'lub etib, yarim finalga chiqishadi. Hamma narsa bo'lishi mumkin, ammo menimcha, Desham jamoasi ketma-ket ikkinchi marta jahon chempioni bo'lishi mumkin", - dedi Karrera RB Sport nashriga.
Frantsiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Bugun, 10 dekabr kuni Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 1/4 finalida Angliyaga qarshi bahs olib boradi.