logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Anchelotti: "Men Vinisius bilan "el-klasiko"dagi voqea haqida gaplashdim"

 4 NOYABR, 2025, 05:48

Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinda bo'lib o'tgan Vinisius Junior bilan bog'liq mojaroga munosabat bildirdi.

Braziliyalik vinger "Barselona"ga qarshi o'yinda zaxiraga olinganidan keyin ochiqchasiga norozilik bildirib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga e'tiroz bildirdi. Ko'p o'tmay, matbuotda futbolchining murabbiy bilan munosabatlari yomonlashgani haqida mish-mishlar tarqaldi, shuningdek, yulduzning klubni tark etishi haqida yangi gap-so'zlar paydo bo'ldi.

"Men Vini bilan uning "klasiko"dagi zaxiraga olinganiga munosabati haqida gaplashdim. U xatoga yo'l qo'ydi va buni unga ochiq aytdi deb o'ylayman. U o'zining nohaqligini allaqachon tushunib etgan, uzr so'ragan, endi muammo hal bo'ldi, deb o'ylayman," - dedi matbuot anjumanida Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis joriy yilning may oyi oxirida "Real"ni tark etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ