logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Arteta "Arsenal"ning asosiy futbolchisi jarohat olganini ma'lum qildi

 4 NOYABR, 2025, 05:42

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokereshning holati haqida gapirdi.

Shved Premer-liganing so'nggi turida "Byornli"ga qarshi o'yinda (2:0) tanaffusda majburiy ravishda almashtirilgandi.

"Viktor "Slaviya"ga qarshi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Bugun u mashq qilmadi. Jarohat qanchalik jiddiy ekanini bilish uchun yaqin kunlarda yana bir nechta tekshiruvlar o'tkazishimiz kerak," - dedi Arteta Chempionlar Ligasi o'yini oldidan.

"Kanonirlar" seshanba kuni Chexiyaning "Slaviya" jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ