logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Spalletti Yildizning holati bo'yicha batafsil ma'lumot berdi

 3 NOYABR, 2025, 23:24

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Turin jamoasi forvardi Kenan Yildiz haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 4 noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turi doirasida "Yuventus" o'z maydonida "Sporting"ni qabul qiladi.

"Yildiz ertangi o'yinga tayyor. Faoliyatimda juda omadliman, chunki ko'plab ajoyib futbolchilarni tarbiyalaganman va u ham yuqori darajani namoyish etmoqda. Undan maydonda qaysi pozitsiyani ma'qul ko'rishini so'radim va u chap qanotda hujumchi sifatida o'ynashni ma'qul ko'rishini aytdi. Kenan ikkinchi hujumchi pozitsiyasida ham, qanotda ham yaxshi," - dedi Spalletti matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ