logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Kamoliddin Tojiev «Bunyodkor» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

 3 NOYABR, 2025, 23:06

Superliga 27-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi - 4:2.

O'yindan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev g'alaba haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limning o'zida uch gol urib, hisobni yiriklashtirdik. Ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berildik va dastlabki 20 daqiqada o'ynashdan to'xtab qoldik. Keyin yana vaziyatni o'nglab, imkoniyatlarga ega bo'ldik. Bahs yakunida to'rtinchi gol bilan g'alabani mustahkamladik. O'zgarishlarni vaqtida qildik deb o'ylayman. Kubok finalidan keyin ba'zi futbolchilarga dam berdik va bugun ular zaxiradan tushishdi.

Mavsum yakunigacha kurashishda davom etamiz. O'z o'yinlarimizni yutsak, keyin vaziyatga baho beramiz», - dedi murabbiy.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ