logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ro'ziqul Berdiev: «Kuchimiz etganicha qarshilik qildik»

 3 NOYABR, 2025, 22:48

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan (1:2) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O'yin og'ir bo'lishini kecha aytib o'tgan edik. Amalda ham shunday bo'ldi. Kuchimiz etganicha qarshilik qildik, lekin o'yinning oxiriga kelib jamoada kuch qolmagani sabab tashabbusni berib qo'ydik. Ikkita standart vaziyat bugun raqibga g'alaba keltirdi. Standart vaziyatlardagi xatolarni taxlil qilib chiqamiz.

Abduvohid (Ne'matov) yaxshi darvozabon. Balki bosim ta'sir qilayotgandir, balki raqobatning yo'qligi bunday xatolarga sabab bo'layotgandir. Bugungi va oldingi mag'lubiyatlarda barcha birdek aybdor. Mag'lubiyatning asosiy sabablarini aytib o'tdim. Bu turnirda kuchli raqiblarga qarshilik ko'rsatish uchun biz eng yuqori holatda bo'lishimiz kerak.

Bu o'yinlar bizga dars bo'lmoqda. Bunday jamoalarga qarshi turib berish uchun tarkibimiz juda kuchli bo'lishi kerak. Bu nafaqat "Nasaf" uchun, balki boshqa jamoalarimiz uchun ham taalluqli. Hozirgidan 2-3 baravar kuchli legionerlarni olib kelish esa oson emas», - dedi "ajdarlar" ustozi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ