logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ronaldu Runining «Messi undan yaxshi» degan so'zlariga javob berdi

 3 NOYABR, 2025, 22:24

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ueyn Runining Lionel Messi uning o'zidan yaxshi degan fikriga munosabat bildirdi.

– Runi sendan nafratlanmasligini aytdi, lekin baribir Messi sendan yaxshi, deb hisoblashini ta'kidladi.
– Muammo yo'q, lekin men bu fikrga qo'shilmayman. Kamtar bo'lib o'tirmayman, – dedi «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi forvardi Pirs Morgan bilan suhbat tizerida.

Avvalroq jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Ronaldu bilan «eng shaxsiy va ochiq suhbat» bo'lishini aytgan edi. Bugun intervyuning tizeri taqdim etildi, uning birinchi qismi esa ertaga chiqadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ