logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

III Osiyo yoshlar o'yinlari g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

 3 NOYABR, 2025, 22:12

Joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahraynda III Osiyo yoshlar o'yinlari bo'lib o'tdi. 

Musobaqalarda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi. Umumjamoa hisobida hamyurtlarimiz Xitoydan keyin, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mazkur musobaqada sovrindor bo'lgan sportchilar va ularning murabbiylariga davlat tomonidan ko'zda tutilgan bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abdurahmonov, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimova, sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov  ishtirok etdi.  

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ