O'zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda faoliyat olib boradi
3 NOYABR, 2025, 21:30
Asker Najafaliev boshqaruvidagi hakamlar brigadasi 4-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Buriram Yunayted" va "Shanxay Port" jamoalari o'rtasidagi bahsda ishlaydi. Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar bermoqda.
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
4-hakam: Ahrol Risqullaev
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Akobirxo'ja Shukurallaev
