Endrik: "Futbolda sovuqqon bo'lish kerak"
24 DEKABR, 2023, 19:42
18 yoshga to'lganidan so'ng yozda "Real" futbolchisiga aylanadigan hujumchi Endrik o'zi haqida gapirdi.
“Futbolda sovuqqon bo'lish kerak. Men shundayman. Dastlabki kunlardanoq men hech kimdan qo'rqmasligimni ko'rsatishim kerak edi. Sovuqman, hech bo'lmaganda, onam va singlim shunday deyishadi, chunki mening qarorlarim va gapirishim shunday", - deya Endrikning so'zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, Endrik yaqinda “Real” qarorgohiga tashrif buyurgan va u erda bo'lajak jamoadoshlari bilan suhbatlashgan edi.