Emiliano Martines penaltilar haqida nima deydi?
10 DEKABR, 2022, 09:18
Emiliano Martines Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galning so'zlariga munosabat bildirdi.
Argentina terma jamoasi darvozaboni JCh-2022 1/4 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (2:2, pen. 4:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Van Galning “Bizda ustunlik bor” deganini eshitdim. Agar penaltilar seriyasigacha kelsak, biz g'alaba qozonamiz”.
Menimcha, u jim turishi kerak”, - dedi Martines.