logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Chempionship klubiga o'tishga yaqin turibdi

 3 NOYABR, 2025, 20:36

Tayanch yarim himoyachi Oriol Romeu Angliyaning "Sautgempton" klubiga erkin agent sifatida qaytishga yaqin turibdi, deb xabar beradi Daily Echo.

34 yoshli Romeu shu yilning avgust oyi oxirida "Barselona" bilan shartnomasini o'zaro bekor qilganidan beri klubsiz edi. Transfer bo'yicha kelishuvga allaqachon erishilgan va kelishuv tibbiy va boshqa transfer rasmiyatchiliklaridan so'ng yakunlanadi.

"Sautgempton" ayni damda Chempionshipda 21-o'rinni egallab turibdi. Romeu 2015-2022 yillar davomida "avliyolar" safida 256 ta o'yin o'tkazib, 69 ta sariq kartochka olib, 8 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning bozor narxi 800 000 evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ