"Inter" himoyachisi bilan kelishib oldi
24 DEKABR, 2023, 15:12
Milanning "Inter" jamoasi himoyachisi Federiko Dimarko bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha amalda kelishib oldi, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. 26 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yangi shartnoma shartlariga ko'ra, Dimarkoning maoshi yiliga to'rt million evrogacha oshadi. Qolaversa, himoyachi bir million evro miqdoridagi bonusga ega bo'ladi.
Federiko "neradzurrilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
A Seriyaning joriy mavsumida Dimarko 15 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.