Evroparlament vitse-prezidenti Qatardagi jahon chempionati atrofidagi korruptsiyada gumonlanib hibsga olindi
10 DEKABR, 2022, 01:59
Evroparlament vitse-prezidenti Eva Kayli 2022 yilgi jahon chempionatidagi korruptsiya ishi bo'yicha Belgiyada hibsga olindi.
"Jinoyat ishida Kayli va boshqa ayblanuvchilar Qatar rasmiylaridan pora olganlikda gumon qilinmoqda. Ular JCh-2022 bilan bog'liq" - deb xabar bermoqda AFP.
Qatar 2010 yilda JCh-2022 mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritgan.
Jahon chempionati birinchi marta Yaqin Sharqda o'tkazilmoqda.
Turnir 18 dekabr kuni yakunlanadi.