logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Messi Argentinaning JChlardagi eng yaxshi to'purariga etib oldi

 10 DEKABR, 2022, 01:52

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Niderlandiyaga qarshi jahon chempionati chorak final uchrashuvida penaltini golga aylantirdi. 35 yoshli hujumchi 24 uchrashuvda jahon chempionatidagi 10-golini urdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Argentina terma jamoasining turnirdagi eng yaxshi to'purari, 12 uchrashuvda 10 ta gol urgan Gabriel Batistutaga etib oldi.

Shuningdek, jahon chempionatida 10 ta golni Xelmut Ran (10 ta o'yin, Germaniya), Gari Lineker (12, Angliya), Teofilo Kubilyas (13, Peru), Tomas Myuller (19, Germaniya), Gjegoj Lato (20, Polsha) kiritgan.

Eslatib o'tamiz, o'sha uchrashuvda Messi jahon chempionatlaridagi ettinchi golli uzatmani amalga oshirdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi qatorni bo'lishib turibdi, eng yaxshisi Diego Maradona (8).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR