Verratti: "Qatardagi hayot menga juda yoqadi"
3 NOYABR, 2025, 17:54
Frantsiyaning «PSJ» klubi va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Marko Verratti hozirda faoliyat olib borayotgan Qatardagi hayot tarzi haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqda hayotning boshqacha ritmi unga ko'proq ma'qul kelgan.
«Rostini aytsam, bu er menga juda yoqadi — chunki bu erda men to'p bilan ishlayman, yugurmayman. Bu erda hayot ertalab emas, balki tushdan keyin va kechqurun, taxminan soat 16:00 dan tungacha jonlanadi. Shu tarzda yashash menga ma'qul. Shuningdek, menga tushdan keyin mashg'ulot o'tkazish, ertalab esa hech qanday mashg'ulot bo'lmasligi ham yoqadi», — deya Verrattining so'zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Marko Verratti ilgari Italiyaning «Peskara» jamoasida ham o'ynagan, keyin esa 11 yil davomida “PSJ” sharafini himoya qilgan. Hozirda u Qatarning «Al-Duhayl» klubi safida to'p tepmoqda.
