logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Oksleyd-Chemberlen Angliya top-klubi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda

 3 NOYABR, 2025, 17:48

32 yoshli yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen ayni damda sobiq jamoasi - Londonning "Arsenal" klubi tizimida shug'ullanmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda. U asosan klubning 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar jamoasida ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Oksleyd-Chemberlen o'tgan yozda Istanbulning "Beshiktosh" klubini tark etgan, hozirda u erkin agent hisoblanadi. Futbolchi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilmagan.

Oksleyd-Chemberlen "Sautgempton" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, avvalroq angliyalik futbolchi 2011-2017 yillarda "Arsenal"da o'ynagan. U "kanonirlar" safida barcha turnirlarda 130 dan ortiq o'yin o'tkazgan. 2017 yildan 2023 yilgacha "Liverpul"da, 2023 yildan 2025 yilgacha "Beshiktosh"da o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ