logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

ATP reytingi. Dunyoning birinchi raketkasi o'zgardi, Sultonov 17 pog'onaga pastladi, 6 tennischimiz ko'tarildi

 3 NOYABR, 2025, 17:16

Bugun professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Etiborlisi, dunyo tennischilari reytingida peshqadam o'zgardi. Parij "Masters" turnirida chempion bo'lgan Yannik Sinner yana jahon tennischilari karvonboshisiga aylanib oldi. SHu kungacha reytingni boshqarib kelgan ispaniyalik Karlos Alkaras ikkinchi o'ringa pastladi. Top-10`talikda ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Ben SHelton avstraliyalik Aleks de Minaur bilan, italiyalik Lorenco Muzetti norvegiyalik Kasper Ruud bilan o'zaro joy almashib oldi. Parij "Masters" finalchisi kanadalik Feliks Oje 10-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarildi. 

Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan 6 nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov aksincha 8 ochko yo'qtishi natijasida 8 pog'onaga pastlab, 399-o'rinda qayd etildi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 5 pog'onaga pastladi. Ikkinchi rakketkamiz Sergey Fomin 2, Amir Milushev 7, Batir Sapaev 3, Ilya Ignatov 8, Abdulaziz Usmonjonov 8, Damir Abdusamadov esa 5 pog'onaga ko'tarilib olgan. 


ATP reytingi. 3 noyabr kun holatiga ko'ra Top-10:

1 (2). Yannik Sinner (Italiya) — 11 500 ochko

2 (1). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 11 250

3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 5560

4 (4). Teylor Fric (AQSH) — 4735

5 (5). Novak Jokovich (Serbiya) — 4580

6 (7). Ben SHelton (AQSH) — 3970

7 (6). Aleks de Minor (Avstraliya) — 3935

8 (10). Feliks Oje-Alyassim (Kanada) — 3845

9 (8). Lorenco Muzetti (Italiya) — 3685

10 (9). Kasper Ruud (Norvegiya) — 3235...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

399 (382). Humoyun Sultonov — 118 (-8 ochko) 

460 (462). Sergey Fomin — 94

987 (982). Maksim SHin — 16 

1333T (1340T). Amir Milushev — 5

1809T (1812T). Botir Sapaev — 1   

1896T (1904T). Ilya Ignatov — 1 

1896T (1904T). Abdulaziz Usmonjonov — 1

1982T (1987T). Damir Abdusamadov — 1 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ