Akanji «Inter» uni to'liq sotib olishiga umid qilmoqda
3 NOYABR, 2025, 17:06
«Inter» himoyachisi Manuel Akanji jamoa bilan kelishuviga kiritilgan 2026 yil iyundagi 15 million evrolik sotib olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
“Ko'ramiz... Umid qilamanki, «Inter» meni to'liq sotib oladi. Bu erda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Har doim bor kuchimni berib o'ynayman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz”, — deya Akanji so'zlarini keltirgan Fabritsio Romano.
Italiya grandi 30 yoshli shveytsariyalikni "Manchester Siti"dan yozda sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan edi.
Manuel so'nggi paytlarda "neradzurrilar" tarkibidagi barqaror o'yini bilan jamoa mudofaa chizig'ining muhim qismiga aylangan. U jamoa uchun 11 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.
