Xorvatiya Braziliya darvozasiga bir bor aniq zarba yo'lladi
10 DEKABR, 2022, 01:12
Xorvatiya terma jamoasi JCh-2022 chorak finalida Braziliyani mag'lub etdi (1:1, 4:2 - penaltilar seriyasida).
Butun o'yin davomida, 11 metrlik penaltilar seriyasini hisobga olmaganda, xorvatlar braziliyaliklar darvozasi tomon 5 ta zarba berishdi va ulardan faqat bittasi aniq bo'ldi. O'sha aniq zarba 117-daqiqada Bruno Petkovich tomonidan yo'llandi va gol bilan yakunlandi.
JCh-2022 yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi Niderlandiya – Argentina uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.