logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

O'zbekiston ayollar terma jamoasi – Jahon chempionati yo'llanmasi sohibi!

 3 NOYABR, 2025, 16:16

31 oktyabr – 2 noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida O'zbekiston va Ozarbayjon ayollar terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan 4 ta partiyadan iborat match-turnir bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O'zbekiston ayollar terma jamoasi mehmonda o'ynaganiga qaramay, ozarbayjonlik shaxmatchilarni 2,5:1,5 hisobida mag'lub etdi. Bu bilan shaxmatchi-qizlarimiz 17-24 noyabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi jamoaviy Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

SHaxmatchilarimizning natijalari:

Afruza Hamdamova – 2 ta g'alaba

Gulruhbegim Tohirjonova – 1 ta g'alaba, 3 ta durang

Guldona Karimova – 1 ta g'alaba, 2 ta durang

Umida Omonova – 2 ta g'alaba, 2 ta durang


Bu g'alaba o'zbekistonlik shaxmatchilarning xalqaro maydondagi barqaror o'sishi va jamoaviy ruhining yorqin ifodasidir.

Jamoa tarkibi:

1. Afruza Hamdamova – Ayollar xalqaro sport ustasi (2409)

2. Gulruhbegim Tohirjonova – Xalqaro sport ustasi (2370)

3. Umida Omonova – Ayollar xalqaro sport ustasi (2289)

4. Guldona Karimova – Ayollar xalqaro sport ustasi (2319)

5. Madinabonu Xalilova – Ayollar xalqaro sport ustaligiga nomzod (2228)

Nafisa Mo'minova – Jamoa rahbari, menejer



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ