logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Valverdening o'rniga nomzod qidirilmoqda

 3 NOYABR, 2025, 15:12

Ispaniyaning "Atletik" (Bilbao) klubi shartnomasi shu yozda tugaydigan bosh murabbiy Ernesto Valverdega o'rinbosar qidirmoqda, deb xabar beradi larazon.es portali.

Valverde klub bilan shartnomasini uzaytiradimi yoki yo'qmi hozircha nomalum, bu boshqa mutaxassislarga qiziqish uyg'otdi. "Basklar" rahbariyati bu lavozimga birinchi raqamli da'vogar sifatida "Bornmut" klubi ustozi Andoni Iraolani ko'rmoqda. "Atletik" ayni damda "Rayo Valekano"ni boshqarayotgan Inigo Peres yoki "Elche"ni boshqarayotgan Eder Sarabiya variantini ko'rib chiqishi ham mumkin.

Sarabiyaning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan, Iraola va Peres esa mavsum tugaganidan keyin ketishlari mumkin. Peres o'zining hozirgi holatidan qoniqish hosil qilishini allaqachon aytib o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ