"Andijon" klubi Bahraynga etib keldi
3 NOYABR, 2025, 14:48
Xabar berilganidek, "Andijon" jamoasi OChL 2 doirasida Bahraynning "Al-Xaldiya" jamoasiga qarshi o'yin uchun bugun kechasi Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent-Sharja-Manama yo'nalishida havo kemasi orqali yo'lga chiqdi va manzilga sog'-salomat etib keldi.
Jamoamiz a'zolari Bahrayn aeroportida "Al-Xaldiya" klubi rasmiylari tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, bir guruh muxlislar ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlash uchun birga Manamaga etib kelishgan.
"Andijon" jamoasi Manama shahrida o'zi uchun ajratilgan "Crowne Plaza" mehmonxonasiga joylashdi. Ayni paytda bu erda havo harorati 27 daraja iliq.
Bugun Maksim Shatskix shogirdlari kechki mahal ilk mashg'ulotini o'tkazadi.
