Jerrard "Spartak" taklifiga yana rad javob berdi
3 NOYABR, 2025, 14:42
"Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard Moskvaning "Spartak" klubini boshqarish imkoniyatini yana rad etdi.
“Sport-Ekspress” nashri xabariga ko'ra, Moskva klubi vakillari avgust oyida agentlari bilan bog'langan ingliz murabbiyi variantiga qaytishgan.
Jerrardning pozitsiyasi o'zgarmadi: u xalqaro vaziyat tufayli Rossiyada ishlash haqida o'ylamoqchi emas.
Jerrardning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubi bo'lib, u 2023 yilning iyulidan 2025 yilning yanvarigacha boshqargan.
