logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Silva: "Bu o'yinda ko'proq narsaga loyiq edik"

 24 DEKABR, 2023, 10:30

Angliya chempionatining o'n sakkizinchi turi "Fulxem"ga umidsizlik keltirdi, Marko Silva shogirdlari "Byornli"dan ikki gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldi.

Portugaliyalik murabbiy o'yin natijalaridan hafsalasi pir bo'lganini yashirmadi.

"Biz uchun umidsizlikka aylangan natija. Birinchi bo'limda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo biz ulardan foydalana olmadik.

"Byornli"ning birinchi golidan keyin esa hammasi to'xtab qoldi. Birinchi bo'limga qaraganda, biz, albatta, bu o'yinda hech bo'lmaganda biror narsaga loyiq edik", - deya Silvaning so'zlarini keltiradi BBC Sport. Keyingi turda “Fulxem” “Bornmut” bilan o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR