logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Bornmut» hujumchisi Erling Xoland haqida: «Uni to'xtatish deyarli imkonsiz»

 3 NOYABR, 2025, 13:42

«Bornmut» hujumchisi Devid Bruks «Manchester Siti» forvardi Erling Xolandning o'yinini yuqori baholadi.

«Ochigi, uning bo'yi 1,95 metr, u juda tez, jismonan kuchli va havodagi o'yinda ajoyib. Fantastik futbolchi. O'yinning katta qismida biz yaxshi harakat qildik, lekin u to'p qaerga tushmasin, doim jiddiy xavf tug'diradi. Uni to'xtatish deyarli imkonsiz edi», — deya Bruksning so'zlarini keltirgan ESPN.

25 yoshli norvegiyalik hujumchi «Bornmut»ga qarshi APLning 10-turidagi bahsda (3:1) ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Joriy mavsumda Xoland 13 o'yinda 17 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. U 13 ta gol bilan Premer-liga to'purarlar ro'yxatida etakchilik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ