Sonning gol va golli uzatmasi «Los-Anjeles»ni MLS kubogi ikkinchi raundiga olib chiqdi (video)
3 NOYABR, 2025, 13:34
Son Xyon Min «Ostin» bilan o'yinda (4:1) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
"Los-Anjeles" vingeri MLS kubogi 1-raundining javob o'yinida 1 ta gol urib, 1 ta assist berdi. Dastlabki o'yinda kaliforniyaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.
Shu tariqa, "Los-Anjeles" MLS kubogining 1/4 finaliga yo'l oldi va u erda Tomas Myuller to'p tepadigan "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi bahs olib boradi. G'arbiy konferentsiya yarim finali doirasidagi o'yin 22 yoki 23 noyabr kunlari Kanada klubi maydonida bo'lib o'tadi.
MLS mavsumida jami 12 ta o'yinda, pley-off o'yinlarini hisobga olgan holda Son Xyon Min 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
