Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullaevning yangi jamoasi ma'lum!
3 NOYABR, 2025, 13:30
Jurnalist Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaevning telegram-kanalida yozishicha, "Nasaf"ning ikki etakchisi Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullaev keyingi mavsumni "Paxtakor"da o'tkazadi.
Hozirda qarshiliklar Superliga turnir jadvalida chempionlik uchun kurashmoqda. "Ajdarlar" chempionat yakunlanishiga 3 ta qolganda peshqadam "Neftchi"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
