logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

De Ligt: "Men katta klubga o'tmoqchi edim va bunga erishdim"

 9 DEKABR, 2022, 23:25

"Bavariya" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt yana o'z fikri bilan "Yuventus" muxlislarini xursand qilmadi.

Niderlandiyalik futbolchi transferdan so'ng Turin klubini kamsituvchi so'zlarni aytganlikda allaqachon ayblangan va shunga o'xshash voqea yana takrorlandi: "O'ylaymanki, "Bavariya"ga o'tganimdan keyin ancha o'sdim, bundan juda xursandman. O'tgan yozda men katta klubga o'tmoqchi edim va bunga erishdim. Hammasi yaxshi ketar ekan, menga hammasi yoqadi", - deya De Ligt so'zlarini keltiradi TMW.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli markaziy himoyachi o'tgan yozda 67 million evro evaziga "Yuventus"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR