«Bavariya» rekord darajada daromad ko'rganini e'lon qildi
3 NOYABR, 2025, 13:18
Myunxenning «Bavariya» klubi 2024/25 moliyaviy yilni tarixidagi eng yuqori natija bilan yakunladi.
Klubning konsolidirlangan yillik daromadi 978,3 million evroni tashkil etdi — bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 2,8% ko'proq bo'lib, myunxenliklar tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Operatsion foyda ham 11,3% ga o'sib, 187,8 million evroga etdi.
Soliq to'lashdan oldingi foyda 42,5 million evro, sof foyda esa 27,1 million evroni tashkil qildi.
