Usikning jamoadoshi keyingi raqib kim bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi
3 NOYABR, 2025, 13:00
Ukrainalik Aleksandr Usikning menejeri Sergey Lapin navbatdagi raqib haqida gapirdi.Menejerning aytishicha, Usikning keyingi raqibi bo'lish uchun Mozes Itauma va Fabio Uordli o'rtasida jang tashkil etish kerak.
"Biz hali [Parker — Uordli] jangi natijasini Aleksandr bilan batafsil muhokama qilmadik, lekin u hayratda qolmagan deb o'ylayman. Bu — boks, har narsa bo'lishi mumkin. WBO tomonidan belgilangan qoidalar bor: yo tituldan voz kechasiz, yo majburiy himoya jangi o'tkazasiz. Bu erda hech qanday boshqa yo'l yo'q.
Mening shaxsiy fikrim shunday: Fabio bilan Itauma WBO chempioni unvoni uchun jang qilsa, juda yaxshi bo'lardi. Bu tomoshabop jang bo'ladi va har ikkisi uchun ham “boks boshlig'i” bilan to'qnashuv oldidan katta sinov bo'ladi", — dedi Lapin.
comhttps://img.championat.com/ ... 3.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
