logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Neftchi»ning «Paxtakor»dagi sobiq futbolchisi jamoaga qaytishga yaqin turibdi

 3 NOYABR, 2025, 12:48

Jurnalist Narzulla Saydullaev o'z telegram-kanalida yozishicha, "Paxtakor" qanot vingeri Umar Adhamzoda "Neftchi"ga qaytishga yaqin turibdi.

27 yoshli futbolchi 2020 yildan 2024 yilgacha farg'onaliklar safida to'p tepgan. Keyin u "Paxtakor"ga o'tgan.

"Sherlar" safida Umar umumiy 61 ta o'yinda 4 ta gol urib, 9 ta assist berishga ulgurdi.

"Neftchi" tarkibida u 69 ta o'yinda 5 bor raqiblari darvozasiga to'p kiritgan va 10 ta golli uzatma bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ