logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Muhsinjon Ubaydullaev: «Mavsum so'ngida sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo'ldi»

 24 DEKABR, 2023, 08:00

Kuni kecha "Neftchi" bilan shartnomani uzaytirgan tajribali himoyachi Muhsinjon Ubaydullaevning qisqacha intervyusini havola etamiz.

—Muhsinjon o'tgan mavsum xaqida nima deya olasiz?
—O'tgan mavsumni yaxshi o'tkazdik, deb ayta olaman. Lekin, yakunda sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo'ldi. So'nggi turgacha medallarga ega chiqish uchun kurash olib bordik. Biroq, barcha muxlislarimiz oxirgi turlarda qanday o'yinlar bo'lib o'tganligiga guvoh bo'lishdi. Aytib o'tish joiz, ba'zi bir bellashuvlarda bizga biroz omad etishmadi.

—Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz. Aytingchi, "Neftchi"da qolishingiz uchun asosiy uchta sababni nima bo'ldi?
—Asosiy sabablardan biri, jamoamiz yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yganligidadir. Shuningdek, farg'onalik bo'lganim uchun sevimli jamoamda o'ynash men uchun sharafli hisoblanadi.

—Yakuniga etgan mavsumda jamoamiz tarkibida maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilardan biri bo'ldingiz.
—Asosiysi, o'zinga bo'lgan ishonch. Jamoamomizda istalgan pozitsiyada raqobat juda kuchli bo'lishiga qaramay, maydonda borimni berib harakat qildim. Bu esa o'z navbatida bexato harakat qilishga undaydi. Raqobat bor joyda o'sish ham bo'ladi.

—Yakunlangan mavsumda sizga qarshi o'ynagan eng kuchli uch futbolchini sanab bera olasizmi?
—Silvanus Nimeli, Oston O'runov va Oybek Bozorov.

—21-raqam siz uchun nimani anglatadi?
—"21"-raqam hech narsani anglaytmaydi. Jamoa tarkibida menga taqdim etilgan birinchi raqam aynan 21 bo'lgan va hozirgi kunga qadar Ubaydullaev familiyasi 21 raqam bilan chiroyli ko'rinadi (kuladi).

—Yangi mavsumda muxlislarimiz o'tgan mavsumga nisbatan yaxshiroq natija kutishi tabiiy. Bu esa futbolchilarga va shaxsan o'zingizga bosim tug'dirmaydimi?
—Bosim har doim bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Bu holat vodiy jamoalarida odatga aylanib ulgurgan bo'lsa, men uchun esa ko'proq motivatsiya beradi.

—Jamoamiz muxlislari haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
—Bu yil jamoamiz muxlislari har qachongidan ko'ra ancha faol bo'lishdi. Albatta, erishilgan yutuqlarimizda ularning o'rni beqiyos. Xudo xohlasa yangi mavsumda ham g'olibona yurishda davom etib,ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ