logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Trent "Liverpul" haqida: "Meni qanday kutib olishmasin, jamoaga bo'lgan tuyg'ularim o'zgarmaydi"

 3 NOYABR, 2025, 11:48

"Real" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan sobiq jamoasiga bo'lgan his-tuyg'ulari haqida gapirdi.

"Men har doim klubni yaxshi ko'raman, doim muxlis bo'lib qolaman. Men bilan birga qo'lga kiritgan imkoniyatlar va erishgan narsalarimiz uchun doimo minnatdor bo'laman. Bu men bilan abadiy yashaydi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, "Liverpul"ga bo'lgan his-tuyg'ularim o'zgarmaydi. U erda bir umrga qoladigan xotiralarim bor va meni qanday kutib olishmasin, bu o'zgarmaydi", - dedi 27 yoshli futbolchi Prime Video Sport bilan suhbatda.

Aleksandr-Arnold 2016 yildan 2025 yilgacha "Liverpul"da o'ynagan. Klub bilan u ikki marta Angliya Premer-ligasi (2019/20 va 2024/25 mavsumlarda) va Chempionlar Ligasi (2018/19) g'olibi bo'lgan.

"Liverpul" 4 noyabr kuni "Real"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ