logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rossiya OFKga o'tish masalasini qachon muhokama qilishi ma'lum bo'ldi

 9 DEKABR, 2022, 20:00

UEFA sanktsiyalarini inobatga olgan holda, Rossiya futbol ittifoqi Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) o'tish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Avvalroq Aleksandr Dyukov bu masala ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida muhokama qilinishini aytgandi.

RB Sport nashriga ma'lum bo'lishicha, 23 dekabr kuni RFU ijro qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tadi, unda Osiyoga o'tish masalasi muhokama qilinadi.

Aytish joizki, ayni damda Rossiya klublari UEFA turnirlarida qatnashmayapti. Rossiya terma jamoasi ham rasmiy o'yinlarni o'tkazmaydi, chunki kalendar yili davomida bir vaqtning o'zida bir nechta musobaqalardan chetlashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR