Loris: "Mbappe gap-so'zlarga e'tibor bermaydi"
9 DEKABR, 2022, 19:55
Jahon chempionati paytida Kilian Mbappe haqida ko'p gapirilmoqda. Frantsiyalik hujumchi ajoyib formada bo'lib turibdi. Bu haqda "uch ranglilar" darvozaboni Ugo Loris fikr bildirdi.
“Mbappe bor e'tiborini o'z maqsadlariga qaratgan va jahon chempionati boshlanganidan beri juda baxtli ko'rinadi. U juda yaxshi tayyorgarlik ko'radi va u haqidagi gap-so'zlarga e'tibor bermaydi", - dedi Loris jurnalistlarga.
JCh-2022da Kilian Mbappe beshta gol urdi. Turnir to'purarlar poygasida aynan peshqadamlik qilmoqda.