logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Qanday qilib penalti belgilanmaganiga tushunmayapman"

 24 DEKABR, 2023, 00:48

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi "Arsenal" bilan o'yinda jamoa penaltidan mahrum bo'lgan deb hisoblamoqda.

APLning 18-turida “Liverpul” o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi (1:1).

18-daqiqada "qizillar" vingeri Muhammad Saloh to'pni londonliklar jarima maydonchasiga uzatdi. “Arsenal” yarim himoyachisi Martin Edegor to'pni qo'li bilan to'xtatdi. Bosh hakam Kris Kavana penalti belgilamadi va VAR hakami epizodga aralashmadi.

“Biz hozirgina epizodning takrorini tomosha qildik. Qanday qilib penalti belgilanmaganini tushunmayapman”, dedi “Liverpul”ning sobiq himoyachisi Stiven Uornok BBC Radio 5 Live efirida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ