logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Avstraliyalik futbolchi: "Messi maydondagi haykalga o'xshaydi"

 9 DEKABR, 2022, 19:51

Avstraliyalik futbolchi Kenau Bakkus Lionel Messiga qarshi o'yindagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 1/8 final bosqichida Avstraliya Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

“U maydonning istalgan joyida to'pni olib, o'yinni o'z qo'liga oladi.

Futbol maydonida Messi soxta ko'rinadi, rostini aytsam, u biroz mum haykalga o'xshaydi. Ammo unga qarshi o'ynash hayratlanarli bo'ldi va men nimanidir o'rganishga harakat qildim", - dedi Bakkus, Goal.com saytiga.

Argentina terma jamoasi jahon chempionatining chorak finalida Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR