logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Qo'rg'ontepada belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi

 3 NOYABR, 2025, 11:00

30 oktyabrdan 2 noyabrga qadar Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanida belbog'li kurash bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar (U 16) o'rtasida O'zbekiston Kubogi bo'lib o'tdi.

Qo'rg'ontepa tuman sport maktabida o'tkazilgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 312 nafar (79 nafari qizlar) sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishdi. 


Reglamentga ko'ra, dastlab musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Unda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Qo'rg'ontepa tumani hokimi Alisher Xalilov, Andijon viloyat sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov, Respublika belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov hamda Andijon viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Jamoliddin Bozorov ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi hamda musobaqaning dastlabki g'olib va sovrindorlarini taqdirlashdi.


Musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalish bo'yicha 14 ta vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lsa, qizlar erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishdi.


Murosasiz tarzda o'tgan bellashuvlarda Muhammadali Tursunov (Andijon), Nurmuhammad Tohirjonov (Namangan), Fayozbek Mahmadov (Toshkent v.), Azizbek Orifjonov (Farg'ona), Davron Abdurahmonov (Sirdaryo), Bekzod Farruxov (Buxoro), Quvonchbek SHeriboev (Xorazm), Madinaxon SHermatova (Farg'ona), Nilufar Mustapaeva (Qoraqalpog'iston), Nozigul Sotvoldieva (Andijon), Durdona Mirzaboeva (Jizzax) singari kurashchilar o'z vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritdi.







Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ