logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Napoli"ning sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

 3 NOYABR, 2025, 10:54

Italiyalik futbol murabbiyi Jovanni Galeone yakshanba kuni shoshilinch tibbiy yordamdan so'ng Udine shahridagi shifoxonada vafot etdi.

Udinelik murabbiy 84 yoshda edi. Galeonening murabbiylik faoliyati 32 yil davom etgan va shu vaqt ichida u Italiyaning bir qancha klublarini, jumladan, «Napoli», «Udineze», «Peskara» va «Perudja»ni boshqargan.

"Prezident Aurelio De Laurentis va butun “Napoli” jamoasi Italiya futboli ramzi va jamoamizning sobiq ustozi Jovanni Galeonening vafoti munosabati bilan biz bilan birga motam tutmoqda", — deyiladi “Napoli” matbuot xizmatining klub ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilingan bayonotida.

Galeonening so'nggi murabbiylik lavozimi “Udineze” (2006–2007) bo'lgan. 2013 yilda u rasman nafaqaga chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ