"Arsenal" kutilgandan ko'ra yaxshiroq natija qayd etmoqda
3 NOYABR, 2025, 10:36
Londonning "Arsenal" jamoasi o'nta o'yindan so'ng Premer-liga jadvalida bemalol etakchilik qilmoqda.
Mikel Arteta jamoasi 25 ochko to'pladi, bu eng yaqin ta'qibchisi "Manchester Siti"dan olti ochko ko'p.
Shunisi e'tiborga loyiqki, mashhur 2003/04 mavsumida — "Arsenal"ning Premer-ligadagi so'nggi chempionlik mavsumida — "kanonirlar" xuddi shu o'nta o'yindan so'ng 24 ochko to'plashgandi.
O'sha mavsum oxirida londonliklar yakunda 90 ochko bilan birinchi o'rinni egallashdi.
